Talaba-yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv bo‘ladi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti majlislar zalida yoshlar masalalariga bag’ishlangan, fakutet dekan o’rinbosarlari va tyutorlar uchun kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, qishki ta’til vaqtlarida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi. 2022-yilda amalga oshiriladigan ishlar, eng ustuvor yo’nalishlar aniq maqsad vazifa sifatida belgilab olindi.

Barcha dekan o’rinbosarlari va tyutorlari o’zlarining funksional vazifalarini sidqidildan bajarish jarayonida «Talaba bay» ishlash lozimligi, har bir talabaning muammosini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sayi-harakatlar yangi bosqichga chiqishi ta’kidlandi.

Яндекс.Метрика