Inson qadri ulug‘ yurtda mahalla obod bo‘lur!

«Inson qadrini ulug‘lash — yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi»

Shavkat Mirziyoyev

Jannatmakon yurtimizga 2022 yil  ham qadam qo‘ydi. Oldimizda yangi maqsad va yangi rejalar paydo bo‘ldi. Davlatimiz rahbarnining O‘zbekiston  xalqiga yo‘llagan Yangi yil bayram tabrigida 2021 yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami haqida to‘xtalib o‘tish barobarida ilk bora 2022 yilga  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nom berish taklifini ilgari surildi.  O‘zbek xalqining o‘ziga xos va takrorlanmas boshqaruv tizimi hisoblanmish mahalla instituti uzoq yillar davomida davlat boshqaruvining asosiy negizi hisoblangan. Tanti va dono xalqimiz yaxshi va yomon kunlarida mahallaga suyangan va bu jarayon bugun ham davom etmoqda. To‘yu-tantana, oilaviy va sovuq marosimlar davomida mahalla ahli honadon egasining domo yonida kamarbasta bo‘lgan, yordam bergan.

Inson qadrini ulug‘lash – azaldan ota-bobolarimiz kattani hurmat kichikni izzat qilish kabi oliyjanoblik fazilatlarini yangi avlod vakillariga o‘rgatib kelishgan. Shuningdek, bir-biriga yordam berish, bemorning holidan xabar olish, yetimni boshini silash kabi takrorlanmas an’analarimiz bilan biz hamisha boshqa millat vakillaridan ajratilib turamiz. Mamlakatimiz siyosatining ajralmas bo‘lagi ham shu yurtning fuqarolari farovonligini ta’minlashdir. Albatta inson qadrini ulug‘lashda mahalla institutining o‘rni beqiyos. Nega deganda har birimiz mahallada yashaymiz, qo‘shnimizni issiq-sovug‘idan doimo xabardon bo‘lamiz.

2021 yil davomida yurtimimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mahallabay ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib,  3 nomdagi daftarlar “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” shakllantirildi. Mahallabay o‘rganishlar davomida ko‘plab ehtiyojmand yurtdoshlarimiz mazkur ro‘yhatlarga kiritilib, ularni ushbu ro‘yxatdan chiqarish, yashash sharoitlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar tashkil qilindi.  Bu jarayonda sektor rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, nuroniylar, oliy ta’lim muassasalari jamoalari, xotin-qizlar kengashlari yoshlar va keng jamoatchilik vakillari o‘zlarining alohida faolliklarini namoyon qilishdi.

Yaqindagina esa mahallalarda hokim yordamchisi, yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakili kabi yangi lavozimlarda yosh va navqiron o‘g‘il-qizlarimiz o‘z faoliyatlarini boshlashdi. O‘ylaymanki bu kabi keng qamrovli sayi-harakatlar xalqimiz farovonligini oshirishda, inson qadrini ulug‘lashda juda katta ahamiyatga egadir.

Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”  amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini kengayishiga, inson qadrini ulug‘lanishigi, mahalla institutining rivojiga o‘zining munosib hissassini qo‘shajak. Bu borada esa biz deputatlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari va mahalla institutlari  va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda tizimli ishlarimizni faol davom ettirishimiz, xalqimiz farovonligini ta’minlashda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishda kamarbasta bo‘lishimiz lozim bo‘ladi.

Odiljon MAMATKARIMOV,

Namangan muhandislik-texnologiya

instituti rektori.

Translate »