Hurmatli doktorantlar hamda magistrantlar! Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug‘illanayotgan qobilyatli yigit-qizlarni tanlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlar 4–to‘plami uchun “Scopus” vа “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik bazalarida tegishli fan sohasining birinchi yoki ikkinchi kvartiliga kiruvchi ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eng yaxshi deb topilgan maqolalar to‘plam shaklida chop etiladi hamda pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar uchun yo’nalishlar kesimi:

  1. Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq;
  2. Tabiiy fanlar, aniq fanlar, texnik fanlar;
  3. Qishloq va suv xo‘jaligi;
  4. Energetika, resurslar, sanoat;
  5. Sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya

“Scopus” vа “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik bazalarida tegishli fan sohasining birinchi yoki ikkinchi kvartiliga kiruvchi ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar «Microsoft Word» matn muharririda yozilishi, .doc yoki .docx formatida, o‘zbek (yoki rus) va ingliz tillarida (tarjimasi bilan) qabul qilinadi. Maqola matni «Times New Roman» shriftida (kegel 12), satrlar oralig‘i 1 pt, yuqoridan, pastdan, o‘ngdan va chapdan 2 sm hoshiya qoldiriladi, yangi satrda xatboshi (abzas) 1 sm, matn sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan shaklda, hajmi 6-20 betdan oshmasligi talab etiladi.
Formulalar «Microsoft Equation» tahrirlovchisi yordamida yozilishi, matnga grafik, diagramma va rasmlar oq-qora rangda, .jpeg formatida kiritilishi (rasmdagi matnlar «Microsoft Word» matn muharririda, 12 kegl o‘lchamda yozilishi), matnda rasm va jadvallar ketma-ketlik tartibida raqamlanishi, nomlanishi va matnda ilova keltirilishi zarur. Maqolaga soha bo‘yicha UO‘K (universal o‘nlik klassifikasiya) raqami qo‘yiladi (Классификатор УДК // [Электронный материал]. Режим доступа: https://teacode.com/online/udc/).
Yuqoridagi talab hamda yo’nalishlar kesimida tayyorlangan talabgorlarning maqolalari joriy yilning 20–sentabr kuniga qadar ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga taqdim etishingiz so’raladi.