Namangan muhandislik-texnologiya institutida xalqaro reytinga kirish talablari mavzusida seminar o’tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Elsevier” kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Dilnoza Allanazarova ishtirokida “Scopus” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga maqolalar yozish va joylashtirish, yirtqich jurnallardan saqlanish hamda institutni xalqaro reytinga kiritish masalalari bo’yicha ilmiy amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, k.f.d., professor O.Ergashev so‘zga chiqib, mamlakatimizda bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidladi.

Seminar-treningda xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda maqolar chop etishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo’llariga aloxida e’tibor berildi. Uchrashuv so’ngida “Elsevier” kompaniyasi va Namangan muhandislik-texnologiya instituti o’rtasida hamkorlik a’loqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.