Tojikiston respublikasi Inovatsiya vazirligi va Tojikiston texnologiyalar universiteti delegatsiyasi vakillari NamMTI ga tashrif buyurdi.

29 iyun kuni Tojikiston respublikasi Inovatsiya vazirligi va  Tojikiston texnologiyalar universiteti  delegatsiyasi vakillari  bilan  institut rektori boshchiligidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida  OTMlarimiz o‘rtasida halqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha amalga oshrilayotgan ishlar, tekstil-trikotaj hamda yengil sanoat sohalarida  yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talaba hamda yosh professor-o‘qituvchilarning almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Trikotaj hamda yengil sanoat, to‘qimachilik sohalarida hamkorlikda  qo‘shma dasturlar yaratish, Talabalarning yozgi amaliyot masalalarini tojik-o‘zbek hamkor  OTMlar kesimida amalga oshirish mavzulariga aloxida to‘xtalib o‘tildi. Mexmonlar institutda Doktorantlar va  talabalar tomonidan tayyorlangan trikotaj kiyim mahsulotlari hamda laboratoriya sharoitlari bilan tanishish maqsadida institut trikotaj-tikuvchilik laboratoriyalariga tashrif buyurishdi.  U yerda prof.Qurbonali Holiqov boshchiligidagi jamoa mexmonlarni iliq kutib olishdi. Mexmonlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar va soxalar doirasida kelgusidagi istiqbolli rejalarga kelishib olindi.

Translate »