Institutda “Taʼlim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorligi samaradorlik kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-oʻqituvchilari, yosh olimlari, doktorantlari  hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari texnika fanlari doktori Raximov Farhad hamda Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining Namangan viloyat intellektual mulk himoyasi rahbari Qodirov Abrorjonlar hamkorligida “Taʼlim, fan va ishlab chiqarish innovatsion hamkorligi samaradorlik kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Erkin muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbatini institutning Ilmiy-ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor kimyo fanlari doktori O.Ergashev ochib berdi hamda institut professor-oʻqituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ularning samaradorligi, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida tayyorlanayotgan ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar uchun olingan patentlar, guvohnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi. F.Rahimov Taʼlim, fan va ishlab chiqarish innovatsion xamkorligi samaradorlik kafolati mavzusida maʼruza qilib, ishtirokchilarga ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlarni rasmiylashtirish yuzasidan maʼlumotlar berib oʻtdi.  Davra suhbati savol-javoblarga boy boʻldi, ishtirokchilar oʻzlarining qiziqqan savollariga javoblar oldilar.