Jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq darkor! Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmagay ham.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti Namangan viloyat xokimligi bilan xamkorlikda “Jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq darkor! Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmagay ham.” mavzusida institu faollar zalida Imom va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Namangan shaxar IIB xodimi M.Musinaliev, Namangan shahridagi “Shodibek” jome masjidi imom-xatibi A.Ubaydullaevlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda talabalarga globallashuv jarayonida ma’naviy taxdidlarga qarshi kurashish xususida fikr va muloxazalar berib o‘tildi. Jumladan islom dining insonparvarlik va ma’rifatparvarlik din ekanligidan foydalanib “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida turli oqimlarga qarshi xalqimizda, ayniqsa yoshlarda immunitet shakllantirish yuzasidan mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvlar va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilgan. Ma’lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. Bugungi kunda turli xil ekstremist va terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilish keng avj olmoqda. Turli ekstremistik guruhlar internet, telegram, feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali dinni niqob qilib olib o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilmoqdalar. Bizning mamlakatimiz imkon qadar bunga qarshi kurashmoqda, lekin yoshlarimiz ekstremist va terroristik g‘oyalardan ximoyalanishimiz uchun albatta ma’rifatli bo‘lishimiz kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Namangan muhandislik texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani J. Ergashev

Translate »