“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri

2021 yil 25 may kuni Namangan shaxar 17-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Namangan muhandislik –texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekani J. Ergashev va dekan o‘rinbosari A. Mahmudovlar ishtirok etishdi. Tadbirda fakultet dekani J. Ergashev bitiruvchilarni bayram bilan tabriklab, ularni katta xayotga qadam qo‘yganliklari bilan omad va muvofaqqiyat tiladi.

Fakultet dekani J. Ergashev tomonidan tadbirlarda o‘quv yili davomida respublika fan olimpiadalari, musiqa tanlovlari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, bilimlar bellashuvida faol qatnashgan va maktabda aloxida iqtidori bilan ajralib turgan o‘quvchilar, a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulqqa ega bo‘lgan, bitiruvchi yoshlarni faxriy va maqtov yorliqlari, estalik sovg‘alari bilan taqdirladilar.