HALQARO ALOQALARNI YOʻLGA QOʻYISHDA YETAKCHI OTMLAR TAJRIBASINI OʻRGANISH

Joriy yilning 16-17-aprel kunlari institutga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining halqaro hamkorlik boʻyicha prorektori, t.f.d., prof. Solix ShukurovichToshpoʻlatov tashrif buyurdilar. Tashrif davomida institutning “Dizayn” va “Yengil sanoat maxsulotlari konstruksiyasi va texnologiyasi” kafedralaridagi tayanch doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda magistrantlarga sohaning yetuk mutahassisi sifatida ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha tegishli tavsiya va takliflarini berdilar. Institutning halqaro aloqalar hamda ilmiy boʻlimlari tomonidan prof. S.Sh.Toshpoʻlatov 17-aprel kuni kafedralaridagi ilmiy tadqiqot va halqaro hamkorlik aloqalari boʻyicha masʼullari bilan davra suhbati uyushtirildi. Davra suhbati boshlanishida TTESIda hamkorlik aloqlarini yoʻlga qoʻyishdagi asosiy jihatlar, prof. S.Sh.Toshpoʻlatovning shaxsiy tashabbuslari hamda hamkorlar bilan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, halqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda eʼtibor berish lozim boʻlgan jihatlar, dunyo reytingida yetakchi 500talikka kiruvchi hamkor OTMlarni topish va ular bilan aloqani yoʻlga qoʻyish;  halqaro grantlar bilan ishlash va hamkorlar bilan loyihalarda ishlash; horijiy mutahassislar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish; Scopus, Web of science kabi indeksatsiyalanuvchi jurnallarda muvaffaqiyatli maqolalar, moniografiyalar chop etish hamda halqaro patentlar olish boʻyicha keng maʼlumotlar berib oʻtildi. Davra suxbati davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.