XALQIMIZ DAHOSINING BUYUK TIMSOLI

Namangan muhandislik-texnologiya institutida buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Xalqimiz dahosining buyuk timsoli” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institut talabalar va keng jamoatchilik vakillari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Shuningdek, buyuk sarkarda hayoti haqida ma’lumotlarga oid asarlar ko‘rgazmasi va Amir Temurning ibratli umr yo‘liga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati.