Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida seminar o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida IT sohasini ommaviylashtirish, soxaga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun ”Namangan Intellect Software Developers,, xususiy korxonasi IT soxasi mutaxasislari va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi ishtirokida seminar trening tashkil etildi.
Seminar treningda IT sohasining maxoratli mutaxassislari hamda talaba-yoshlar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu tadbir davomida faol qatnashgan institut talabalarining iqtidorlilariga dasturlash kurslarining 10%, 50% va 100% bepul chegirmalariga ega bo‘ldilar. Seminardan asosiy maqsad yoshlarni zamonaviy kasblardan biri IT yo‘nalishiga qiziqtirish va bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

Namangan muhandislik texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »