O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari bilan uchrashuv

Hurmatli institut professor o‘qituvchilari, doktorant , magistrant hamda iqtidorli talabalar!
Joriy yilning 9 aprel kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari t.f.d., prof. akademik Sh.S.Namazov, t.f.d. N.X.Usanbayev, falsafa fanlari doktori O‘.Sh.Temirovlar tomonidan “Qoramol va parranda chiqindilariga har xil mahalliy agronomik moddalarni malum og‘irlik nisbatlar qo‘shib kompostlash usuli orqali organik va organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi” mavzusida seminar o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, seminarda olimlar tomonidan yaratilgan “Hosil” preparati va uning qishloq xo‘jaligida qo‘llash usullari haqida ma’lumotlar beriladi. Seminarda Namangan viloyati yirik fermer xo‘jaliklari, klaster vakillari hamda soha mutaxassislarining ham ishtiroki kutilmoqda.
Barcha qiziquvchilarni taklif qilamiz!

Translate »