Namangan muhandislik-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida 2018 yil 22 iyunda Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi (TIQQM) tashkil etilgan. Bugun Institutimizda Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Intellektual mulk agentligi TIQQM boshlig‘i Raxmonov Sunatilla Ablayarovich, mutaxassis ma’ruzachi Ergasheva Feruza Tulkunovnalar navbatdagi o‘z tashriflarini amalga oshirdilar va ular tomonidan “Intellektual mulk sohasi qonunchiligidagi yangiliklar” va “Ixtiro uchun talabnoma rasmiylashtirish” mavzularida ma’ruza qildilar.

Ushbu seminarda institutimiz professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilari, yosh olimlari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok etdilar va mavzu doirasida hamda boshqa intellektual mulkka oid bilimlarga ega bo‘ldilar.

Translate »