Telefon:
Faks:
E-Mail:
«Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi» mutaxassislik kafedrasi bo‘lib 2013 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Kafedraga asos solinganidan buyon u ancha kengaydi, rivojlandi, zamonaviy o‘quv qurollari, asbob-uskunalar va moslamalar bilan jihozlandi.
Hozirga kelib, kafedra professor-o‘qituvchilari 13 nafarni tashkil qiladi, ulardan 3 nafari fan doktori, professor, 4 nafari fan nomzodi, dotsentlar. Kafedrada 5321200 – “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi”, 5322000–“Paxtani ishlab chiqarishga tayyorlash texnologiyasi” va 5A321202 – “Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va magistrantlar tayyorlanmoqda.
Bu kafedra Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi mutaxassisligi bo`yicha kadralar tayyorlashga ixtisоslashgan bo`lib, mutaxassislikka оid va mutaxassislik fanlaridan mashg’ulоtlar оlib bоradi. Mutaxassislik fanlarini o`qitishni yo`lga qo`yishda, diplоm lоyihalarini tashkil etish va uni bajarishda prоfessоrlar-o’qituvchilarimiz, Axmedxo`jaev X.T., Muradov R.M., Sarimsaqov O.Sh., dоtsent Tojiboyev M.A. va bоshqalar katta amaliy yordam ko`rsatmoqdalar.
2018 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani texnika fanlari doktori, professor Sarimsaqov Olimjon Sharifjonovich boshqarib kelmoqda.