Telefon:
Faks:
E-Mail:
Kafedra 1993 yilda tashkil etilib, unga iqtisod fanlari doktori, professor Axmadjon Soliev rahbarlik qila boshlagan. Kafedraning tarkibida “Buxgalteriya hisobi va auditi” hamda “Moliya va kredit” ixtisosliklari bo‘yicha ham mutaxassislar 1996 yilgacha tayyorlangan. 2019 yil avgust oyidan “Sanoatda ishlab chikarishni tashkil etish va iqtisodiyoti” kafedrasi tarkibidan “Marketing” kafedrasi ajralib chikib, uning tarkibida Marketing (tarmoqlar va sohalar), Menejment (tarmoqlar va sohalar) mutaxassisliklari tayyorlana boshladi. 2021 yil 1 fevraldan “Iqtisodiyot” fakulteti tarkibida “Marketing” kafedrasi va Menejment kafedrasi mustaqil ravishda ajralib chiqib, faoliyatini boshladi.
Kafedra tarkibida hozirda iktisod fanlari doktori, professor A.Soliyev, i.f.n., dotsent G‘.Madiyarov, i.f.n. L.Ubaydullayev, PhD, dotsent G.Soliyeva, PhD, katta o‘qituvchi X.Qodirov, katta o‘qituvchi R.Karimjanova, U.Fayzullayev, assistentlar: I.Raxmatov, R.Ashurmatov, Q.Mirzayevlar faoliyat yuritmoqda.
Marketing kafedrasi xozirda viloyatimizdagi va Fargona vodiysidagi ko‘plab sanoat va boshqa ishlab chiqarish xamda xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan o‘zaro xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi aosidagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedra “Iqtisodiyot” fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi va sirtki shaklda bakalavr darajasidagi mutataxassislar tayyorlanmoqda.
SHuningdek, kafedramizda magistratura yo‘nalishi buyicha 5A230401-Marketing(tarmoklar va sohalar) hamda doktorantura 08.00.11 “Marketing” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Kafedrada keyingi 4 yilda 2018 yilda Z.Xakimov “Engil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish”, 2019 yilda G.Solieva “O‘zbekistonda kitob savdosining rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 2020 yilda “Tikuv-trikotaj korxonalari eksport salohiyatini xalqaro marketing strategiyalari asosida oshirish” mavzularidagi dissertatsiyalarini iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD darajasini olish uchun ximoya qildilar.
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘lib, “Tekstil klasteri innovatsion modelini ishlab chiqish”, ““Organik” qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tashkil etish va rivojlantirish”, “Oziq-ovqatlar chakana savdosini marketing strategiyalari asosida takomillashtirish”, “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish” va boshqalar hisoblanadi.
Kafedrada 2015-2017 yillarda A-2-70 raqamli davlat ilmiy tadqiqot granti (Tekstil klasteri va innovatsion modeli ishlab chiqish) mavzusida muvaffaqiyatli bajarildi va amaliyotga keng joriy qilindi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab PhD, dotsent Soliyeva Gulbaxor Axmadjanovna boshqarib kelmoqda.