Telefon:
Faks:
E-Mail:
Namangan muxandislik-texnologiya instituti Kimyo kafedrasi 2015 yil 2 sentyabrda Institut rektori O.O.Mamatkarimovning buyrug’i bilan “Kimyo-texnologiya” fakultetida tashkil etilgan. Shu vaqtdan boshlab Kimyo kafedrasi mudiri sifatida texnika fanlari nomzodi, dotsent Hoshimov Farhod Fayzullaevich ish yuritib kelmoqda.
Hozirda kafedraga dotsent F.Xoshimov rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 3 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi, 5 ta assistant, 1ta stajyor-o’qituvchi 1ta kabinet mudiri va 2 ta laborant faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
1. Kimyo 2. Umumiy va anorganik kimyo 3. Umumiy va noorganik kimyo 4. Organik kimyo 5. Analitik, fizik va kolloid kimyo 6. Fizikaviy va kolloid kimyo 7. Materialshunislik 8. Polimerlar tadqiqotiKafedra Supramolekulyar birikmalar sintezi, Organik sintez, Biologik faol birikmalar sintez qilish, olingan birikmalarni fizik-kimyoviy tahlil qilish, sintezlangan birikmalar faolligini o’rganish hamda fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Kafedraning ilmiy guruxi tomonidan 2015-2018 yillarda F.Xoshimov raxbarligida I-7-11-2014 raqamli «Sirka kislotani samarali usul bilan tula ajratib oluvchi, alternativ organik ekstragent ishlab chikarishni yo’lga qo’yish» va I-2017-7-16 raqamli «Polivinilatsetat dispersiyasi ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish» innovatsion loyihalari bajarilgan.
2018-2019 yillarda FZ-2017101413- “Kondensirlangan gidroksil gurux bilan birikmalarni atsetilen bilan reaksilarning tadqiqi, olingan moddalarning xossalari va qo’llanilishi” mavzusidagi yosh olimlar fundamental granti (loyiha raxbari M.Soliyev) bajarildi.
Kafedramiz sobiq a’zolaridan 7 nafari Toshkent shaxrida joylashgan nufuzli oliy o’quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Oxirgi yilladarda kafedrada olib borilgan ilmiy ishlar natijasida 50 dan ortiq yangi organik birikmalar sintez qilingan.
2017 yilda O. Abdualimov tomonidan “Серусодержащие алкалоиды и другие низкомолекулярные метоболиты растений родов Dipthychocarpus и Crambe семейства крестоцветных флоры Узбекистана”, 2018 yilda F.F.Xoshimov tomonidan “Qattiq jism kimyosi va mexanakimyo” nomli monografiyalar nashr etildi. 2018 yilda dotsent O. Abdulalimov tomonidan Rossiyaning Surgut davlat universiteti olimlari bilan xamkorlikda “Избранные главы органической химии” nomli va F.Xoshimov tomonidan “Umumiy va anorganik kimyo (nazariy asoslari)” nomli o’quv qo’llanmalar yaratildi.
2019 yilda dotsentlar I.Abidov, F.F.Hoshimov va asisstent A.K.Oxundadadyevlar xammuallifligida tayyorlagan “Технология азотно-фосфорных удобрений содержащих физиологически активных веществ”, M. Soliyev , A. Umarov xammuallifligida tayyorlagan “Табиий изопреноидлар: хосил булиши, ажратилиши, хоссалари ва кулланиши”, F.F.Hoshimov va T.T.Botirov xammuallifligida tayyorlagan «Кичик мутахассислар тайёрлаш самарадорлигини оширишнинг ижтимоий-педагогик омиллари» nomli monografiyalar nashr etildi.
2019-2020 yillarda to’rt monografiya xususan “Технология получения минеральных удобрений с БАВ”, “Технология производства поливинилацетатной дисперсии”, “Сернокислотная переработка высокомагнезиальных фосфатов и получение NPS–удобрений на их основе”, “Сернокислотная переработка фосфоритов Каратау и сложных удобрений на их основе” nomli monografiyalar chop etildi. O’quv-uslubiy ishlanmalar bo’yicha 30 dan ortiq qo’llanmalar yozildi.
2019 yilda dotsent O. Abdulalimov tomonidan Surgut davlat universiteti olimi E.Botirov bilan xamkorlikda “Лабораторные и практические занятия по органической химии”, 2020 yilda M.Soliyev, S.Numonov, F.Xoshimov, O.Ruzimuradovlar tomonidan “General Chemistry Practicum” nomli o’quv qo’llanmalar yaratildi.
NamMTI Akademik liseyi, Namangan viloyatidagi qator ishlab-chiqarish korxonalari bilan o’quv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan, Jumladan, “Namangan sharbat”, “Mexmash”, “Ifoda agrokimyohimoya” MChJ lar bilan kadrlar tayyorlash, innovatsion hamkorlik, ilmiy-amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha shartnomalar tuzilib, o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, yuqoridagi korxonalardagi mavjud ilmiy-texnik muammolarni bartaraf etishda kafedra a`zolari o’zlarining yo’l-yo’riq va maslahatlarini berib, ular bilan hamkorlik qilib kelishmoqda.
Maktablar bilan hamkorlikda ishlash bo’yicha Namangan shaxrining 17, 29, 39, 44 va Mingbuloq tumanidagi 48-maktab kimyo fanlari o’qituvchilari va o’quvchilari bilan vebinarlar o’tkazilmoqda.
Kafedrada “Education, Science&Technology Serviсe” o’quv-ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyat yuritmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari Respublika innovasoion yarmarkalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 2016 yil 26-27 aprel kunlari “Kimyoviy texnologiya va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishda innovatsion g’oyalar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
NamMTI Kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’lariga asosan 2017 va 2018 yillar Kimyo umumkasbiy fanidan Talabalar Respublika 2-bosqich fan olimpiadalari yuqori saviyada o’tkazildi.
Kafedradagi to’rt nafar professor o’qituvchisi Belorussiyanig Milliy texnika universitetida malaka oshirishdi.
Rossiya federatsiyasining Surgut davlat universitetidan xorijiy o’qituvchi jalb etilib talabalarga dars mashg’ulotlari olib bordi.
Axborot komunikatsiya texnologiyalariga oid “Organik birikmalarni nomlashning IUPAC nomenklaturasi” elektron darslik va “Polimerlar tadqiqoti” fanidan elektron kitoblarga guvohnomalar olindi.
Xo’jalik shartnomalar amalga oshirish doirasida “Namanganvino”, “Yorqinporloq” MCHJ lar va metal buyumlarini ishlab chiqaruvchi xususiy tadbirkor “Bentonit asosida kapsulalash” bo’yicha davlat grantini olish va boshqa loyixalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Namangan davlat universiteti professor o’qituvchisi O.Abdullayev raxbarligida hamkorlikda “Polivinilatsetat dispersiyasi ishlab chiqarish texnologiyasi” loyihasini amalga oshirishda Namagan viloyati hokimligi tomonidan moliyalashtirilishi kutilmoqda.