Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Iqtisodiyot

Kafedra mudiri

Rashidov Raxmatullo A`lojonovich

Iqtisod fanlari doktori, dotsent

Kafedra tarkibi

  • Rashidov Raxmatullo A`lojonovich – I.f.d., dotsent
  • Shermatov Abdulaxat Abduxolitovich – I.f.n., dotsent
  • Ismoilov Ravshan Baxriddinovich – I.f.n., dotsent
  • Maxkamov Ibrayim – I.f.n., dotsent
  • Raximov Baxromjon Ibroximovich – I.f.n., dotsent
  • Bo’stonov Mansurjon Mardonakulovich – I.f.n., dotsent
  • Nasriddinov Ikrom – I.f.n., dotsent
  • Muxitdinov Suhrat Ziyavitdinovich – Katta o’qituvchi
  • Tursunov Nozimjon Nosirovich – Katta o’qituvchi
  • Abdulxakimov Zuhrali Tursunaliyevich – PhD
  • Bekmirzaev Mirzohid Adashalievich – Katta o’qituvchi
  • Ergasheva Fotimaxon Ibragimovna – Assistent
  • Ergashev Jahongir Jamoliddinovich – Assistent

Kafedra haqida

 “Iqtisodiyot” kafedrasi 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, “To’qimachilik mashinasozligi” kafedrasidan ajralib chiqqan va “To’qimachilik sanoati korxonalari ishini tashkil etish va boshqarish” nomi bilan ish boshlagan. 1994 yildan boshlab kafedra “Iqtisod va menejment” nomi bilan faoliyat yuritdi. 2002 yildan boshlab, “Iqtisodiyot” kafedrasi alohida kafedra sifatida faoliyat olib bordi va kafedraga mudir etib iqtisod fanlari nomzodi Ya.Aliev tayinlandi. Kafedraga 2002-2003 yillarda i.f.n., dotsent A. SHermatov, 2003-2008 yillarda i.f.n., dotsent Ya. Aliev mudirlik qilgan. 2008 yilda kafedraga i.f.n., dotsent M.Dehqonov mudirlik qilgan. 2009 yilda i.f.n. A.Soxadaliev mudirlik qilgan. 2010 yil aprel oyidan boshlab i.f.n., Ya.Aliev kafedra mudiri lovozimida faoliyat ko’rsatgan. 2011 yildan 2018-yilga qadar kafedrani i.f.n., dotsent R.B.Ismoilov boshqargan. 2011-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining profili o’zgarganligi va institut Namangan muhandislik-texnologiya institutiga aylantirilishi munosabati bilan bir qator iqtisodiy kafedralarda ish joylarining qisqarishi natijasida 2019-yilga qadar kafedra boshqa kafedralar bilan birlashib borgan. 2012-yilda “Iqtisodiyot” va “Marketing” kafedralarining birlashishi natijasida kafedra nomi “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish va iqtisodi” kafedrasi faoliyat yurita boshlagan va 2014-yilda mazkur kafedraga institutning “Ishlab chiqarish korxonalarida hisob yuritishni tashkil etish” kafedrasi qo’shilgan. 2018-yildan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent U.S.Tursunov mudirlik qilib kelmoqda. 2018-yilda kafedra tarkibidan “Marketing” kafedrasi ajralib chiqdi.

 Kafedrada 16 ta shtat birligi mavjud bo’lib, shundan 1 nafari fan doktori, professor, 10 nafari i.f.n., dotsentlar, 3 nafari katta o’qituvchilar, 2 nafari assistentlar faoliyat olib borgan.

 2021 yil 1 fevralda “Muhandislik texnologiya” fakultetidan “Iqtisodiyot” fakulteti, “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi” kafedrasidan “Iqtisodiyot” kafedrasi ajralib chiqdi. “Iqtisodiyot” kafedrasi mutaxassislik kafedra bo’lib, 5230100-“Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr mutaxassislarni tayyorlaydi.

Fakultetlar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »