Kafedralar

Fakultetlar

Quick links

Oziq-ovqat texnologiyasi

Kafedra mudiri

Qanoatov Xayrullo Murodillaevich

Texnika fanlari doktori

Kafedra tarkibi

  • Qanoatov Xayrullo Murodillaevich – Kafedra mudiri
  • Xoshimov Xakimjon – Dotsent
  • Xamdamov Anvarjon Maxmudovich – Dotsent
  • O’ktamov Dilmurod Aminjonovich – Dotsent
  • Qurbonov Ne’matilla Verodullaevich – Katta o’qituvchi
  • Sariboeva Dilorom Akramjanovna – Katta o’qituvchi
  • Mansurov Omon Abduvalievich – Assistent
  • Vaqqosov Zuxriddin – Assistent
  • Nishonov O’tkirala Raxmatullaevich – Assistent
  • Raximova Gulmira Xamidullaevna – Assistent
  • Xojiev Adxamjon Axmad o’g’li – Assistent
  • Davlatov Azizbek Abdukasimovich – Assistent
  • Xoshimova Nazira Xakimjanovna – Assistent
  • Ergasheva Oydinaxon – Kabinet mudiri
  • Mamajanova Sitora Farxod qizi – Laborant

Kafedra haqida

 Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo-texnologiya fakultetining Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi 2018 yil 30 avgust institut rektorining 625-sonli buyrug’i asosida tashkil topgan.

 Hozirda kafedrada dotsent X.M.Qanoatov rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 3 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi, 7 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda.

 Kafedrada hozirgi kunda, 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari texnologiyasi), 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (go’sht-sut va konserva mahsulotlari texnologiyasi) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar hamda 5A321001-Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash ixtisosliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

 Kafedra olimlari fan-texnika va xalq xo’jaligining dolzarb yo’nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining ITI natijalari mamlakatimiz va chet ellarda chop etilayotgan ilmiy maqolalar va to’plamlarda muntazam ravishda nashr qilib kelinmoqda.

 Yuqori malakali, tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan darslik, ma’ruza matnlari, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorlangan va mashg’ulotlar yuqori saviyada o’tkazilmoqda.

 Kafedraning moddiy texnika bazasini kengaytirish, o’qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy bilimlarini mukammallashtirish maqsadida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

 Bugungi kunda Respublika va viloyatimizda tashkil etilgan qo’shma korxonalar “Marvel Djus Ko”, “Yanes”, “Coca Cola”, “Nestle”, “Musaffo iqlim Trans” O’zbek-Britaniya qo’shma korxonalari, “Namangandonmahsulotlari”, “Namangan Sharbati” “Namanganvino” xissadorlik jamiyatlari bilan hamda O’simliklar kimyosi instituti, Toshkent Kimyo texnologiya instituti va viloyatdagi kasb hunar kollejlari bilan uzviy aloqa bog’lagan.

 Bundan tashqari talabalarning o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining samaradorligini oshirish va Diplom loyixa ishlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish maqsadida Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan oziq-ovqat sanoati korxonalari, kasb-hunar kollejlari bilan ham ilmiy, uslubiy va amaliy hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

 Kafedrada bakalavr, magistrant va professor-o’qituvchilarni AKTdan bilim va salohiyatlarini oshirishlari uchun etarli sharoit yaratilgan. Internet tarmog’i orqali chet el olimlari ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va ular yaratgan adabiyotlar hamda maqolalar bilan muntazam tanishib bormoqdalar. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari haqidagi ma’ruza bilan kafedra seminarlarida, institut va respublika miqyosidagi o’tkazilayotgan anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar.

 Kafedrada hozirgi paytda 6 ta tadqiqotchi doktorlik (PhD) ustida ish olib bormoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 30 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 monografiya, 3 darslik va 4 oquv qollanmalar chop qilingan, 3 ta patent olingan.

Kafedralar

Fakultetlar

Quick links

Information Technology Center | NamMTI