Magistraturaga qabul

Joriy yilda bakalavriat bitiruvchilari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga turdosh boʻlmagan magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ham tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Hozirda vazirlik mutaxassislari tomonidan alohida mutaxassisliklar va ularga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ishlab chiqilmoqda.

OTMlarga mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-oʻqituvchilari tarkibidan kelib chiqib oʻzlarida mavjud magistratura mutaxassisliklariga bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha qabulni amalga oshirish huquqi berildi.

Magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

– magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;

– “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha sinov;

– Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani boʻyicha sinov

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL boʻyicha kamida 72 yoki IELTS boʻyicha kamida 5,5 ball boʻlganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Information Technology Center | NamMTI