NamMTI iqtidorli talabalari Farg’ona vodiysining Qo’qon shahrida ham yetakchilar safida

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan Hududlarda yoshlarni innovatsion, texnologik, ilmiy va startap loyihalarini izlab topish, ularning loyihalarini takomillashtirish hamda tijoratlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida joriy yilning 7-10 iyun kunlari Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida oliy ta’lim muassalari talabalari ishtirokida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni hamda innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi o’tkazildi.

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni hamda innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi doirasida o’tkazilgan musobaqalarda institutimizning bir guruh iqtidorli talabalari Sharifbayev Raximjon, Mo’minov Xurshid, Xo’jamov Anvarjon va Hoshimov Adhamjonlar eng yaxshi dasturiy taminot yo’nalishida faol ishtirok etib, faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdilar hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining maxsus sertifikati, esdalik sovg’alari hamda 10 000 000 so’mlik vaucher bilan mukofotlandilar.