Telefon:
Faks:
E-Mail:
“Dizayn” kafedrasi 2019 yilida “Yengil sanaot mahsulotlari konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasidan ajralib chiqdi va bu kafedraga texnika fanlari doktori, professor Xoliqov Q.M rahbarlik qildi. Kafedrada 5150900 – Dizayn (kostyum), 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (Trikotaj) bakalavr yo’nalishi va 5А150901 – Dizayn (kostyum dizayni), 5А320901– To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (trikоtaj) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Shuningdek Namangan davlat universiteti hamda Toshkent to’qimachilik yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda tayanch doktarantura yo’lga qo’yilgan.
Kafedra ilmiy faoliyati Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Yosh avlodni zamon talabiga mos darajada tayyorlash maqsadida barcha kafedra a’zolari ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilgan.
Kafedra tasarrufidagi barcha magistratura talabalari sohaning ustivor yo’nalishlariga mos keluvchi ilmiy muammolar asosidagi mavzular ustida ishlamoqdalar. Ularga sohaning tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar tuzilgan va har bir magistratura talabasining dissertatsiya ishlari mazkur korxonalarning ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan.
2020 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani falsafa fanlari doktori, dotsent Erkinov Zokirjon Erkinboy o’g’li boshqarib kelmoqda.