Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Chet tillar

Kafedra mudiri

Xoshimova Dildora Madaminovna

Filologiya Fanlari Doktori

Kafedra tarkibi

Kafedra haqida

 “Chet tillar” kafedrasi 1992 yil tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda kafedrani filologiya fanlari doktori Xoshimova Dildora Madaminovna boshqarib kelmoqda. Kafedra a’zolari talabalarga ingliz tili fanlaridan saboq beradilar. Bugungi kunda mazkur kafedrada Amerika, Germaniya, Xitoy, Malayziya, Avstriya, Koreya, Hindiston, Indoneziya va boshqa bir qator nufuzli oliygohlarda faoliyat olib brogan, ta’lim olgan, malaka oshirgan va qayta tayyorlovdan o’tgan professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedra o’qituvchilari 100dan ortiq darslik, oq’quv -qo’llanma va uslubiy ko’rsatmalar tayyorlab chop ettriganlar.

 Ilmiy izlanishlarga kafedrada alohida e’tibor berilgan. Kafedra qoshida ingliz tili to’garaklari muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Unda 100ga yaqin talabalar darslardan so’ng ishtirok etib, til bo’yicha o’z bilimlarini oshirmoqdalar. Kafedraning barcha professor-o’qituvchilari o’z navbatida ilmiy tadqiqot ishlari ustida ishlamoqdalar va tadqiqot ishlari Respublika va nufuzli horijiy ilmiy jurnallarda o’nlab ilmiy maqola va tezislar chop ettrimoqdalar.

 Hozirgi kunda kafedra Germaniyaning DAAD (Nemis Akademik Almashinuv Xizmati) tashkiloti, Go’te instituti va Germaniya, AQSH, Angliya, Hindiston Elchixonalari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Natijada institutimizning bir qator iqtidorli talabalari xorijning nufuzli shaxarlarida malaka oshirmoqdalar.

 2010 yil kafedra qoshida “kompyutelashtirilgan til o’rganish xonasi” tashkil etilgan bo’lib, ushbu kompyuterlar chet ellarda tuzilgan TOEFL, IELTS testlari, elektron darsliklar, til o’rganish bo’yicha video darslar kiritilgan. Tinglovchilar mashg’ulotlardan tashqari paytlarda mustaqil tarda ham til bilan shig’ullanishlari mumkin. Kafedrada til o’rganish uchun murojaat qilgan talaba va o’qituvchi va doktorantlarning bir necha nafari Chexiya, Shvetsiya va boshqa mamalakatlarda doktoranturada Ilmiy izlanish olib bormoqda, boshqalari esa chet el va Respublikamizning ko’zga ko’ringan oliygohlarida tehsil olmoqdalar.

 2021 yil yanvar oyidan boshlab Kafedra professor-o’qituvchilaridan 1 nafari maqsadli doktoranturaga, 2 nafari tayanch doktoranturaga va 1 nafari stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilingan bo’lib, ular kafedraning nufuzi va ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida PhD Ilmiy drajasi olish uchun turli mavzularda Ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedralar

Fakultetlar

Tezkor havolalar

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi | NamMTI

Translate »