2024 il 05-noyabr kunisi institut rektori maslahatchisi Mamatxon Xodjayev va Korrupsiyaga qarshi kurash hamda Komplaens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Muhammadjon Zokirjonov ishtirok etdilar. Ular huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlardan talabalarni ogoh qilish bo‘yicha chuqur ma’lumot berdilar.
Muloqot davomida talabalarga zamonaviy muammolarga qarshi kurashish, xususan aqidaparastlikka qarshi kurash va korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar haqida tushuncha berildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati, bu boradagi institutning qat’iy pozitsiyasi hamda ushbu illatning jamiyat va shaxsiy rivojlanishga ta’siri keng yoritildi. Talabalarni huquqbuzarliklardan xoli hayot kechirishga undash bilan birga, o‘zlarining fikr-mulohazalarini ochiq bildirishlari uchun imkoniyat yaratildi.
Talabalar huquqiy savodxonlikni oshirish, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va zararli oqimlar ta’siridan himoyalanish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, ushbu mavzularni yanada chuqurroq o‘rganishga qiziqish bildirishdi. Mazkur uchrashuv NamMTIda sog‘lom, huquqiy madaniyatli muhitni shakllantirish va yoshlarni ijtimoiy muammolarga, ayniqsa korrupsiyaga qarshi kurashda faol pozitsiyada bo‘lishga undash uchun muhim qadam hisoblanadi. Muloqot yakunida talabalar uchun tegishli tavsiyalar va qo‘llanmalar berildi, bu esa ularni ijtimoiy mas’uliyatli, ogoh va huquqiy jihatdan bilimli bo‘lishga undashga xizmat qiladi.