2024 yil 02 oktyabr kunisi Institutimizning barcha fakultetlaridan 15 dan ortiq jamoalar ishtirok etgan ushbu musobaqa doirasida jamoalar adiblar hayoti, qiziqarli tarixiy voqealar, va korrupsiyaga qarshi kurash mavzularida bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Savollar har taraflama fikrlashni talab qildi va qatnashchilar tezkorlik bilan javob berishdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi – yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni rag’batlantirish va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish edi. Ishtirokchilar yuqori bilim darajasi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, o’zlarini ko’rsatdilar.