2024 yil 19 sentyabr kunisi Namangan muhandislik-texnologiya institutining Avtomatika va Energetika fakultetida talabalar xavfsizligi kuni doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institutning profilaktika inspektori, psixolog, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komlaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari hamda fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida talabalarga xavfsizlik choralari, qonunbuzarliklarning oldini olish va o’zlarini himoya qilish usullari haqida tushuntirishlar berildi.
Profilaktika inspektori talabalar orasida jinoyatchilikka yo’l qo’ymaslik bo’yicha muhim maslahatlar berdi va o’z vazifalarini to‘g‘ri bajarish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, psixolog tomonidan talabalar psixologik xavfsizligini ta’minlash, stress va turli muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Fakultet tyutorlari ham talabalarning o‘zaro hurmat va madaniyatni rivojlantirishiga doir fikrlar bildirdilar.
Mazkur tadbir yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish, ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishda mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida bunday davra suhbatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.