Namangan muhandislik texnologiya instituti Iqtisodiyot va Muhandislik fakultetlari talabalari 17-noyabr Talabalar kuni munosabati bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Xorazm viloyatiga sayohatga yoʻl olishdi. Ushbu tashrif talabalar orasida Oʻzbekistonning tarixiy joylariga bo’lgan qiziqishni oshirish, viloyatning boy madaniy merosi va an’analari bilan yaqindan tanishish hamda ichki turizmga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan.