Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari “Oltin Zamin” Radiosida mehmon bo’lishdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari FM 103.6 “Oltin Zamin” radiosi studiyasida mehmon bo’lib, tinglovchilar bilan jonli efir orqali institut faoliyati va qabul jarayonlari haqida batafsil suhbatlashishdi.

Institut Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Anvarjon Mahkamov va institut Matbuot kotibi Ma’murjon Ergashevlar ushbu efirda qabul jarayonlari, qabul kvotalari, va institut faoliyati haqida so’zlab berishdi. Ushbu suhbat davomida tinglovchilar institutga kirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo’lishdi.

Shuningdek, institutda ta’lim berilayotgan yo’nalishlar, zamonaviy o’quv dasturlari va innovatsion loyihalar haqida so’z yuritildi. Namangan muhandislik-texnologiya institutining yutuqlari va kelajak rejalari ham tinglovchilarga yetkazildi.

Ushbu efir Namangan muhandislik-texnologiya institutining faoliyatini keng ommaga tanishtirish, abituriyentlarga qiziqish uyg’otish va institutning ilm-fan sohasidagi ulkan imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan edi. Tinglovchilar efir davomida institut haqida ko’plab foydali ma’lumotlarga ega bo’lishdi va kelgusida qabul jarayonlarida ishtirok etish uchun zaruriy yo’riqnomalarni olishdi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »