Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda bir qator muhim masalalar ko’rib chiqildi hamda muhokama qilindi.

Kun tartibi doirasida, 2023/2024 o’quv yilida o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyalari natijalarini, institut huzuridagi Ilmiy Kengashlar faoliyatining sifat darajasini oshirish va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini amalga joriy qilish hamda tijoratlash ishlarini kuchaytirish kabi masalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, yig’ilish davomida institut qoshida spin-off korxonalarini tashkil etish hamda samaradorligini oshirish,
kafedralardagi yangi o’quv yili uchun yuklamalarini hisoblash va taqsimlash masalari kun tartibidan joy oldi. Yig’ilishda institut faoliyatini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonini optimallashtirishga qaratilgan muhim mavzular muhokama qilindi.

Yakunda turli masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar institut faoliyatining samaradorligini oshirish va kelgusi rejalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »