NamMTI rektori Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Qo’shma ta’lim dasturi bitiruvchilarga diplom topshiriq marosimida ishtirok etdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Saratov davlat texnika universiteti bitiruvchilariga diplom topshirishga bag’ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Ushbu marosimda qatnashgan rektor, o’z nutqida, Rossiya va O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari o’rtasida yo’lga qo’yilgan yaxshi hamkorlik aloqalari va qo’shma ta’lim dasturlari orqali malakali kadrlar tayyorlash tizimining yo’lga qo’yilganligi haqida gapirdi.

Shu yilgi o’quv yili davomida Saratov davlat texnika universiteti va NamMTI hamkorligida 22 nafar bitiruvchilar Texnologik mashina va jixozlar, Avtomatika, Energetika va Axborot texnologiyalari kabi yo’nalishlarda tahsil oldilar. Bu bitiruvchilar kelgusida ikki mamlakat o’rtasidagi texnologik va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bitiruvchilarga diplomlar topshirilishi marosimi o’zgacha ruh va tantana bilan o’tdi. Har bir bitiruvchi bu muhim kunni katta faxr va mamnuniyat bilan kutib oldi. Ushbu marosim faqatgina bitiruvchilar uchun emas, balki ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi do’stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun ham katta ahamiyat kasb etdi.

NamMTI va SDTU o’rtasidagi hamkorlik davomida ko’plab qo’shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar nafaqat ta’lim sohasida, balki ilmiy-tadqiqot, texnologik rivojlanish va innovatsiyalarni ham qamrab oladi. Bu esa ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, yosh mutaxassislar tayyorlashga katta hissa qo’shmoqda.

Ma’lumot uchun, Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Qo’shma ta’lim dasturini joriy o’quv yilida 12 nafar maqsadlimagistlar hamda 22 nafar bakalavrlar Avtomatika, Energetika, IT va Muhandislik texnologiyasi sohasida o’qishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »