NamMTI Materialshunoslik ilmiy markazi faoliyati Saratov davlat texnika universitetining tajribasi asosida yo’lga qo’yiladi

Xizmat safari bilan Saratov davlat texnika universitetida bo’lib turgan, institut rektori O.Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya ayni saotlarda Saratov davlat texnika universiteti mutasaddilari bilan “Ilg’or muhandislik ta’limini yo’lga qo’yishdagi tajriba va istiqbollar” mavzusida muzokaralar olib bormoqda.

Shuningdek, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining o’zida 50 ga yaqin ilg’or muhandislik maktablari hamda ilmiy markazlari faoliyat yuritmoqda. Saratov davlat texnika universiteti bu borada ilg’or hamkorlik qilib kelayotgan oliy ta’lim muassasalari sirasiga kiradi. Muzokaraar davomida, hamkorlikda NamMTIda tashkil qilinayotgan Materialshunoslik ilmiy markazining dasturi muhokamasi, hamkorlik qilinishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari, o‘quv dasturlari, innovatsion loyiha hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, transfer texnologiyalarini joriy qilish masalasi, Rossiya hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan hamkorlikda injener texnolog hamda mutahassislarni jalb qilish kabi bir qator muhim masalalar o’rin oldi.

  • “Ilg’or muhandislik-maktabning asosiy maqsadi – talabalarni zamonaviy muhandislik bilimlari bilan qurollantirish va ularni sanoat korxonalari uchun malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashdir. Eng muhimi-integratsiya OTMning o’zida amalga oshiriladi. Talaba nazariyada o’rganganlarini o’z qo’li bilan bajaradi. Ilg’or muhandislik maktabida yuqori texnologik laboratoriyalar, raqamli ishlab chiqarish ustaxonalari va ilg‘or ilmiy tadqiqot markazlari mavjud bo’ladi, muayyan yo’nalishdagi muhandislar tayyorlanadi- dedi muzokaralar davomida NamMTI rektori O.Mamatkarimov.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »