Belarus Milliy texnika universitetida o‘zbekistonlik bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Belarus milliy texnika universiteti bir necha yillardan buyon O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda BMTU Oʻzbekiston Respublikasidagi hamkor universitetlari bilan 75 dan ortiq qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirmoqda.

BMTUda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonning 14 ta oliy oʻquv yurti bitiruvchilariga, jumladan, Namangan muhandislik-texnologiya institutidan ushbu dastur doirasida ta’lim olgan birituvchilarga oliy taʼlim diplomlari topshirildi.

Taqdimot marosimini BMTU rektori Sergey Xaritonchik kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ushbu tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya institutidan ham vakillar ishtirok etib, Kimyo kafedrasining mudiri dotsent M.Soliyev bitiruvchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi va BMTU jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, tadbirda namanganlik BMTU “Axborot texnologiyalari va robototexnika” fakulteti bitiruvchisi Muhayyo Zoirova o‘zining musiqiy chiqishi bilan ishtirokchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Tadbir tantanali ruhda davom ettirildi va unda bitiruvchilarga oliy ta’lim diplomlari hamda BMTU hayotidagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik yorliqlari taqdim etildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »