Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo’lib turgan institut rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya Saratov davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. NamMTI delegatsiyasi Saratov davlat texnika universiteti rahbariyati bilan uchrashib, bir qator muhim ilmiy va texnik masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuvda Saratov davlat texnika universitetining Ilmiy va raqamli transformatsiya markazlaridagi texnologiyalarini NamMTIga joriy etish, sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tizimlarni rivojlantirish, materialshunoslik ilmiy markazi va quymakorlik tsexlari bilan hamkorlik qilish, innovatsion materiallar, yangi polimerlar, metall qotishmalari va quymakorlik texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Ilg‘or muhandislik maktablari va Ilmiy markazlarining texnik baholash metodologiyasi hamda modernizatsiya va optimizatsiya jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun zamonaviy texnik baholash usullarini qo‘llash, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha ham birgalikda loyihalarni tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »