Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Ural davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari Ural davlat iqtisodiyot universitetining “Oziq-ovqat texnologiyasi” va “Oziq-ovqat injeneriyasi” kafedralari hamda ilmiy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida vakillarimiz universitetning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, yangi texnologiyalar bilan tanishish hamda ilmiy faoliyatda samaradorlikni oshirish yo‘llarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, vakillarimizning mazkur universitetdagi ilmiy stajirovkalari ham boshlandi. Ilmiy stajirovkalar davomida ular Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar olib boradilar.

Ushbu tashrif Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi va kelajakda qo‘shma ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar hamda o‘quv dasturlarini birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, ikki tomonlama manfaatli va samarali bo‘lib, ta’lim va ilm-fan sohalarida yuksak natijalarga erishishga qaratilgan.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »