Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan Oziq ovqat, Kimyo va Iqtisodiyot sohalarida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tariladi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida professor Yakov Silin boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan samarali muzokaralar olib borildi. Rasmiy muloqot davomida ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, Iqtisodiyot, Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Kimyo sohalarida yangi kelishuvlarga erishish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muhokamalar yakuniga ko’ra, Ural davlat iqtisodiyot universiteti va NamMTI o’rtasida 1+1 qo’shma magistratura dasturlari yo’lga qo’yiladi, Oziq ovqat va kimyo sohalarida talaba hamda professor o’qituvchilarning manzilli malaka oshirish, ilmiy stajirovka hamda almashinuv dasturlari tashkil qilinadi. Delegatsiyamizning xizmat safari davom etmoqda.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »