NamMTI rektori bir guruh iqtidorli talabalar bilan samimiy muloqot qildi

30-iyun, Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov institutning iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Ushbu uchrashuvda o’quv yili davomida turli sohalarda yutuqlarga erishgan talabalar, koordinatorlar va yetakchilar ishtirok etishdi.

Rektor talabalarning erishgan yutuqlari va natijalari haqida so’z yuritib, ularning kelgusidagi rejalarini eshitdi. Talabalar o’z navbatida institut faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflarini bildirishdi. Ular ta’lim sifatini yaxshilash, o’quv jarayonlarini modernizatsiya qilish va ilmiy izlanishlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini va takliflarini rektorga yetkazishdi.

Rektor talabalar tomonidan bildirilgan takliflarni diqqat bilan eshitib, ularning muhimligini ta’kidladi va kelajakda bu takliflarni amalga oshirishga harakat qilinishini aytdi. Shuningdek, u talabalarga o’z maslahat va tavsiyalarini berib, ularning izlanishlari va mehnatlari institutimizning kelajagini yoritishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalar institut rahbariyatiga ko’rsatilayotgan qo’llab-quvvatlash va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirishdi. Muloqot so’ngida rektor talabalarning yutuqlarini qutlab, ularni Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »