Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy Keganshining 11-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni Kengash raisi Odiljon Mamatkarimov ochib berdi va boshqarib bordi. Yig’ilishda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi va kelgusi rejalar belgilandi.

Dastlab, 2023/2024 o’quv yilida bakalavriat talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini bajarilishi holati haqida ma’lumot berildi. Talabalarning bilim va ko’nikmalarini amaliyotga tadbiq etishda uchrayotgan muammolar va ularni hal etish yo’llari muhokama qilindi. Joriy o’quv yilida institutda qabul qilingan qarorlarning bajarilishi va natijadorligi haqida ma’ruza qilindi. Ushbu ma’ruzada institutning kelajakdagi rejalarini amalga oshirishda qarorlarning ahamiyati va ularning ijrosi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilar faoliyatini monitoring qilish natijalari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash, professor-o’qituvchilarning ilmiy maqolalari va monografiyalari nashri, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini monitoring qilish va boshqa muhim masalalar ko’rib chiqildi.

Yakunda turli masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »