“Rektor va talabalar” ochiq muloqoti o‘tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar oyligi doirasida “Rektor va yoshlar” ochiq-muloqoti o‘tkazildi.

Ochiq muloqotni intitut rektori Odiljon Mamatkarimov kirish so‘zi bilan ochib bergan holda 30-iyun yoshlar kuni bayrami munosabati bilan barcha yosh tadqiqotchilar, magistrlar va talaba-yoshlar hamda Obod, Olvalizor, Ma’rifat MFYdan institutga biriktirilgan yoshlarni qizg‘in tabrikladi.

Shuningdek O.Mamatkarimov o‘z nutqi davomida yosh tadqiqotchilar, magistrlar va talaba-yoshlar
tomonidan ko‘plab sohalar bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda yangi o‘quv yilida ham yuqori natijalarga erishish uchun e’tibor qaratilishi muhim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zining amaliy tavsiyalarini berib o‘tdi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »