Jurnalistlar Talabalarga xizmat ko’rsatish departamenti faoliyati bilan tanishdi

Bugun institutimizda jurnalistlar va bloggerlar ishtirokida bo’lib o’tgan press-tur davomida Talabalarga xizmat ko’rsatish departamenti (Registrator offisi) faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

Institutimizda to’liq raqamli oliy ta’lim tizimi ishga tushirilgan bo’lib, bu tizim dekanatlarning asosiy vazifalarini tez va sifatli bajarish imkonini beradi. Ushbu innovatsion tizim orqali talabalar:

  • O’qish jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni onlayn olishlari
  • Elektron navbat tizimi orqali tezkor xizmatlardan foydalanishlari
  • Akademik hujjatlarni tez va qulay tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Jurnalistlar yangi raqamli tizimning samaradorligi va talabalarga keltirayotgan qulayliklari haqida batafsil ma’lumot olishdi. Bu innovatsiya nafaqat ma’muriy jarayonlarni soddalashtiradi, balki talabalarimizning vaqtini tejashga va ularning o’qish jarayonini yanada qulay qilishga xizmat qiladi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »