Namangan muhandislik-texnologiya instituti va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligi OAV e’tiborida

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutida jurnalistlar va bloggerlar ishtirokida Davlatimiz rahbarining muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish tizimini takomillashtirish maqsadida o’tkazgan videoselektor yig’ilishidagi berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash masallariga bag’ishlangan Press-tur o’tkazildi.

Dastlab NAMMOTORS korxonasida talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti jarayonlari bilan tanishgan jurnalistlar va bloggerlar, bu jarayonning talabalar uchun naqadar ahamiyatli ekanligini o’z ko’zlari bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Institut talabalari korxonada amaliyot o’tar ekan, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydilar va haqiqiy ish muhitida ishlash tajribasiga ega bo’ladilar. Bu jarayon ularning kelajakdagi kasbiy mahoratlarini oshirish va ish bozorida raqobatbardosh bo’lishlariga xizmat qiladi.

Korxona tomonidan talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan o’quv dasturlari, laboratoriyalar va ishlab chiqarish tsexlari taqdim etiladi. Bu esa talabalar uchun o’z bilimlarini real loyihalar va ishlab chiqarish jarayonlarida sinash imkonini beradi. NAMMOTORS rahbariyatining aytishicha, talabalarning amaliyot davridagi faolligi va ijodiy yondashuvi korxonaning innovatsion rivojlanishiga ham katta hissa qo’shmoqda.

Ma’lumot uchun ayni kunlarda NamMTIning 1017 nafar talabasi 119 ta korxona va tashkilotlarda malakaviy va bitiruv amaliyotlarida ishtirok etmoqda.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »