Kimyo-texnologiya fakulteti kengashida dolzarb vazifalar belgilab olindi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo-texnologiya fakulteti kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi o’tkazildi. Unda davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 20-iyun kuni muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-moxiyati fakultet jamoasiga tushuntirildi.

Fakultet dekani Odiljon Mallaboyev videoselektorda belgilangan muhim vazifalarga atroflicha to‘xtalib, yangi islohotlarni amaliyotda qo‘llash, korxonalar bilan samarali hamkorlikni davom ettirish, yetuk kadrlarni yetkazib berish borasida manzilli ishlar tizimli davom ettirish kabi jihatlarga e’tibor qaratdi. Ilmiy faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish oldimizda turgan ustuvor vazifa ekani uqtirildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »