Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi o’tkazildi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi o’tkazildi. Unda kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalarning mazmun-moxiyati Kengash a’zolariga tushuntirildi.

Yig’islihda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va tegishli bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi. Unda institut rektori Odiljon Mamatkarimov Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarga birma-bir to’xtalib, ularning ijrosini Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta’minlash masalalariga Kengash a’zolarini e’tiborini qaratdi.

Videoselektorda ta’kidlanganidek, “tarmoq – korxona – oliygoh” zanjiri asosida har bir oliygohga sanoat hamkori belgilab beriladi. Barcha muhandislik oliygohlari hamkor korxonalarida kafedralar ochadi va dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi. Bunda korxonalar kafedralarni jihozlash, o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirishga har yili mablag‘ berishga tayyorligi ma’lum qilindi. Shundan kelib chiqib, institutda amaliy jarayonlarni boshlash bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »