NamMTI rektori Pop tumanida qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov, Avtomatika va energetika fakelteti dekani A’zamxo’ja Mamaxanov va bir guruh kafedra mudirlari bugun Pop tumanida boʻlib, mazkur tumanda qurilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi direktori Rasuljon Ikromov va xitoylik hamkorlar bilan o’tkazilgan muloqotlar davomida o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, mazkur korxona uchun muhandis-kadrlarni tayyorlash, o’quv va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash va hamkorlikda yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Xitoyning “Next Solar Energy Group” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan stansiya quvvati 500 megavatt boʻlib, foydalanishga topshirilganidan soʻng yiliga 1,1 mllrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »