NamMTI doktoranti Kamoliddin Sodiqov O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan e’tirof etildi.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti doktoranti Kamoliddin Sodiqov O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Koreya filiali”ning WAYU_Korea sahifalarida etirof etildi.

Kamoliddin Sodiqov Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida tahsil olib, hozirgi kunda vatanimizga qaytib, muvaffaqiyatli faoliyatini davom ettirayotgan faxrli vatandoshlarimizdan. Kamoliddin Sodiqov Bugungi kunda Namangan muhandislik texnologiya institutida o’z ilmiy izlanishlarini olib bormoqda. U o’tgan yillarda hukumatlar o’rtasida tuzilgan talimning 3+1 dasturi doirasida Janubiy Koreyada tahsil oldi.

Kamoliddinning vatanimiz ilm fan rivojidagi say harakatlari xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida oqish istagi yurgan yoshlarga namuna sifatida, O’zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi “Janubiy Koreya filiali”ning WAYU_Korea sahifalarida yoritildi. Kamoliddinning NamMTIdagi ilmiy faoliyatiga institut jamoasi omadlar tilaydi va faxrlanadi!

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »