Namangan muhandislik-texnologiya instituti Pokistonning Superior universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi

Xabaringiz bor 10–13-iyun kunlari Tailand davlatining Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan “Global barqaror rivojlanish kongressi”da Namangan muhandislik-texnologiya instituti vakillari ham ishtirok etmoqda.

Bugun institut delegatsiyasi joylashgan pavilyonda Pokistonning Superior universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o’tkazildi. Unda o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, robototexnika, mexatronika, sun’iy intellekt kabi zamonaviy yo’nalashlarda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinib, uzoq yilga mo’ljallangan o’zaro manfaatli hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot uchun Superior universiteti Times Higher Impact Rankings tomonidan ta’lim sifati bo’yicha eng yaxshi deb topilgan. Bundan tashqari BMT-Akademik ta’sir hisobotida qayd etilgan Pokistondagi yagona universitet hisoblanadi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »