Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish kafedrasi talabalari “UzTest” davlat muassasasining Namangan filialida malakaviy amaliyot o’tamoqda

“UzTest” davlat muassasasining Namangan filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi №4419-sonli qaroriga asosan mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, standartlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Uning zamonaviy xalqaro standartlar va talablarga muvofiqligi, shuningdek, xalqaro standartlardan keng foydalanish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish jarayonidagi ishtiroki va yaratilgan keng ko’lamdagi sharoitlari talaba-yoshlarga olingan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga imkoniyat bermoqda.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »