Rossiyaning Ryazan davlat agrotexnologiyalar universiteti prorektori Namangan muhandislik-texnologiya institutiga keldi

Rossiyaning Ryazan davlat agrotexnologiyalar universitetining innovatsiyalar bo’yicha prorektori Rembalovich Georgiy Konstantinovich xizmat safarti bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy professorni NamMTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, professor Ergashev Oybek Karimovich qabul qildi hamda rasmiy muzokalar o’tkazildi.

Ushrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, tomonlar o‘rtasidagi mavjud amaliy loyihalarni yanada kengaytish, ilmiy tadqiqod ishlarini amalga oshirishda Rossiyaning yetakchi korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasini yo‘lga qo‘yishda Rossiya tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »