Iqtisodiyot fakulteti dekani Kosonsoy tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida uchrashuv o’tkazdi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani K.Matkarimov boshchiligida bir guruh professor-o’qituvchilar Kosonsoy tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Namangan muhandislik-texnologiya institutida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabuliga doir targʻibot ishlari olib borildi.

Xususan, bitiruvchilarga institutda mavjud bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktorantura hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim shakllari, fakultet va boʻlimlar, professor-oʻqituvchilar tarkibi, xalqaro hamkorlik hamda institutning oxirgi yillarda erishgan yutuqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »