NamMTI prorektori o’zi tahsil olgan umumta’lim maktabi bitiruvchilarini institutga taklif qildi

Namangan muhandislik-texnologiya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, professor Ergashev Oybek Karimovich o’zi tahsil olgan Namangan tumanidagi 22 hamda 23-umumta’lim maktablarini joriy yilda tamomlagan 120 nafar bitiruvchi-abituriyetnlarni institutga taklif qildi.

Bitiruvchilar institut prorektori bilan birgalikda sifatli ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy laboratoriya markazlari, sport majmualari, Adiblar hiyoboni hamda “IT-PARK” markazlarida bo’lib, ilg’or texnologiyalar bilan jixozlangan auditoriyalarni diqqat bilan kuzatishdi. Shuningdek, mehmonlarga institutda faoliyat olib borayotgan Talabalarga xizmat ko’rsatish deportamenti va Qabul komissiyasi faoliyati haqida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, rahbarlikka intilish, chuqur ta’lim olish, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish, ustozlarning boy bilimi hamda tajribasidan samarali foydalanish borasida muxim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Yakunda institut oshxonasida mehmonlar uchun dasturxon yozilib, bir piyola choy ustida shirin suhbatlar tashkil etildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »