“Uch avlod uchrashuvi” yoshlarga ma’naviy kuch beradi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida Yoshlar oyligi doirasida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori, professor Oybek Ergashev kirish so’zi bilan ochib, o’z nutqida uch avlod vakillari ishtirokidagi bu kabi yorqin loyihalar yosh avlod vakillariga o’ziga xos motivatsiya berishini, qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida muhim turtki bo’lishini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuvda shuningdek, institutimiz dotsentlari Hamidxon Isaxaov va Abdulboqi Rahmonovlar hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi Azizbek Toshmatovlar ham ishtirok etib, bosib o’tgan ilmiy yo’llaridagi esda qolarli voqelar haqida so’zlab berdilar. Uchrashuv davomida bugungi tinch va osoyishta hayotni qadriga yetgan holda ona Vatanni ko’z qorachig’iday asrab, uni himoya qilish barchamizning burchimiz ekanligi yoshlarga tushuntirildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »