Bitiruvchi kurslar uchun mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat imtixonlari boshlandi

Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari uchun mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat imtixonlari boshlandi. Davlat imtixoning ochilish marosimida institut rektori Odiljon Mamatkarimov ishtirok etib, barcha bitiruvchilarga davlat imtixonlarini yaxshi topshirib olishlarini, kelajakda o’zlari tanlagan sohalarining yetuk mutaxassisiga aylanishlarini tiladi.

Shuningdek, davlat attestatsiya komissiyasi raisi, professor Shukurjon Kenjaboyev hamda institut rektori Maslahatchisi Mamatxon Xodjayevlar ham so’z olib, jarayonlarning shaffofligi qat’iy nazarotda ekanligini takidladilar.

Davlat imtixonlari institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi vakillari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati

Translate »